Radius 21 - Ona qo'shiq matni

(Ona, sog`indim yana,
Yana sog`indim, ona.
Ona, sog`indim yomon,
Sizni o`ylayman hamon.)

[J Sulton]
Onajonim, eslayman man sizni har tong,
Suratingizga qarasam, dardim namoyon.
Kulib turgan chehrangizni ko`rsaydim bir bor,
Unitardim dunyo g`amin ayni shu g`ubor.

Sizni quyosh ko`rganida qidirar pana,
Nur chehrangiz yorishganda hatto oy xafa.
Qani endi ko`rganimda yana bir bor ko`zlariz,
Bu yerlarda sog`inaman sizni shirin so`zlariz.

[Radius 21]
Bolam, deb erkalab qo`yolmaysiz, nachora,
Qo`llaringizni silab, yig`lab olsam man zora.
O`tdi mani yosh boshim endi qandoq kunlardan,
Sotdi soxta do`stlarim, chaldi orqa tomondan.

Eslayman so`zlaringiz, yosh bo`lganimda
Gapingizga quloq solmay, daydiganda ko`chada,
Oqibatda kim bo`ldim, o`zim uchun kech bildim,
Hayot endi ko`rsatadi asta-sekin borini.

Qo`limda qalam, alamda yozilgan bu xat,
Uni o`qib yig`lamang, yuragingiz g`ashlamang.
Bo`ladi yaqinda mani muddatim ozod,
Bag`ringizda bo`laman hali mana man uzoq.

(Onajonim, sog`inaman man sizni har tong,
Suratingizga qarasam, dardim namoyon.
Qani, ona, ko`rsaydim yana bir bor ko`zlariz,
Bu yerlarda qo`msayman hamma shirin so`zlariz.)

[J Sulton]
Onajonim, eslayman man sizni hamon,
Sizning duo qilishingiz man uchun darmon.
Bu yerda bilib oldim – egri tanlagan yo`lim,
Sizni o`ylab siqilaman, og`riydi mani dilim.

Qani, ona, ko`rsaydim quvonch to`la ko`zlariz,
Qani butkul yo`qolganda ko`zingizdagi yoshlariz.
Vaqtida chiqolmadim qing`ir-qiyshiq yo`llardan,
Mana endi qolib ketdim oxiri yo`q cho`llarda.

[Radius 21]
Afsus chekmoqdaman, ona, suratizga qo`yib bosh,
Yana biroz chidang, ona, bu yog`iga qoldi oz.
Onajonim, tushlarimda ko`zingiz yoshlab turasiz,
Bolam qachon kelarkan, deb yo`lim poylab kutasiz.

Tishimni tishimga qo`yib, sizni eslayman ona,
Gapingizga quloq solmay, daydiganda ko`chada.
Hozir endi kim bo`ldim, buni juda kech bildim,
Hayot endi ko`rsatadi asta-sekin borini.

Qo`limda qalam, alamda yozilgan bu xat,
Uni o`qib yig`lamang, yuragingiz g`ashlamang.
Bo`ladi yaqinda mani muddatim ozod,
Bag`ringizda bo`laman hali mana man uzoq.

(Onajonim, sog`inaman man sizni har tong,
Suratingizga qarasam, dardim namoyon.
Qani, ona, ko`rsaydim yana bir bor ko`zlariz,
Bu yerlarda qo`msayman hamma shirin so`zlariz.

Ona, sog`indim yana,
Yana sog`indim, ona.
Ona, sog`indim yomon,
Sizni o`ylayman hamon. (x2))


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Doniyor Fayz - Yana sizni esladim qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:10Скачать
Shahzoda - Bobojon qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:25Скачать
Ozodbek Nazarbekov - Sevib qoldim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:21Скачать
Kamoliddin Rahmatov - Onajon qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:39Скачать
Jahongir - Sog’indim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:37Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.