Ozodbek Nazarbekov - Topilmas qo'shiq matni

Dard ustimdan kular, darmon topilmas,
Boshimda xavf yelar, qalqon topilmas. (x2)
Ko`zlar seni izlar, yo`lingga boqib,
Sevaman deb aytgani imkon topilmas. (x2)

Dard ustimdan kular, darmon topilmas,
Boshimda xavf yelar, qalqon topilmas.

Bog`i Eramlardan kelganmisan yo,
Xayollar suraman, bo`ladi ro`yo, (x2)
Qachon yulduz bo`lib, socharsan ziyo,
Suhbat aylagani bir on topilmas.

Qachon yulduz bo`lib, socharsan ziyo,
Suhbat aylagani imkon topilmas.
Dard ustimdan kular, darmon topilmas,
Boshimda xavf yelar, qalqon topilmas.

Har ne boshga tushdi, shirin so`zladim,
O`zim ham bilmadim, neni ko`zladim, (x2)
Oyni ko`rolmagan kundek bo`zladim,
Sen-la birga bo`lgani zamon topilmas. (x2)

Dard ustimdan kular, darmon topilmas,
Boshimda xavf yelar, qalqon topilmas.

Ko`zlar seni izlar, yo`lingga boqib,
Sevaman deb aytgani imkon topilmas. (x2)

Dard ustimdan kular, darmon topilmas,
Boshimda xavf yelar, qalqon topilmas.







Метки:

Здесь можно скачать бесплатно песню Ozodbek Nazarbekov - Topilmas qo'shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Shahzoda - Sevgi bor qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:28Скачать
Shohruz - Ayriliq qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 20:50Скачать
Ozodbek Nazarbekov - Tishing dur qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:21Скачать
Ozodbek Nazarbekov - Tishing dur qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:21Скачать
Afruz guruhi - Ayriliq qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:19Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.