Nola guruhi - Parvona qilgansiz qo'shiq matni

Charog`iy husningizga {x2} nechani parvona qilgansiz,
Firoq o`tida kuydirmoq yo`lini yaxshi bilgansiz.

Charog`iy husningizga nechani parvona qilgansiz,
Firoq o`tida kuydirmoq yo`lini yaxshi bilgansiz.

Agar chandi tavofil qilganingiz birlan ey janon,
Muhabbat daftarining avvaliga siz bitilgansiz. (x2)

Nazokatda qadingiz naqliga tahsin o`qir shamshod,
Magar bog`u eramning hurridan dunyoga kelgansiz. (x2)

Hamma janonalar {x2} gulshan gulidan kelsa dunyoga,
Husn taxtiga sultonlik uchun nurdan yaralgansiz.

Hamma janonalar gulshan gulidan kelsa dunyoga,
Husn taxtiga sultonlik uchun nurdan yaralgansiz.

O-oo-oy, yor-yorey…

Xumori gulxani ichra qadru qimmatingiz chun,
Hamma mahbublar bir-bir tomonga siz tikilgansiz. (x2)

Netay sizday paridan kecha-kunduz sho`xi dod etmay, hay,
Dilini sayd eturga bir qarab ohista kulgansiz. (x2)
Voy, voyey…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]