Farhod va Shirin - Dedi qo'shiq matni

Dedi: “Qaydinsen ey Majnuni gumroh?”
Dedi Majnun: “Vatandin qayda Ogah?!”
Dedi: “Nedur sanga olamda pesha?”
Dedi: “Ishq ichra Majnunliq hamisha.”

Dedi: “U ishdin o`lmas kasb ro`zi.”
Dedi: “Kasb o`lsa, basdir ishq so`zi.”
Dedi: “Kim ishq o`tidin befasona?”
Dedi: “Kuymay kishi topmas nishona.”

Dedikim: “Kuymagingni ayla ma’lum.”
Dedi: “Andin erur jox ahli mahrum.”
Dedi: “Qay chog`din o`ldung ishq aro mast?”
Dedi: “Ruh ermas erdi tang`a payvast.”

Dedi: “Bu ishqin inkor qilg`il.”
Dedi: “Bu so`zdin istig`for qilg`il.”
Dedi: “Oshiqqa ne ish ko`p qilur zo`r?”
Dedi: “Furqat kuni ishqiy balo sho`r.”

Dedi: “Ishq ahlining nedur hayoti?”
Dedi: “Vasl ichra jonon iltifoti.”
Dedi: “Kim dilbaringning der sifotin?”
Dedi: “Til g`ayratidin tutmon otin.”

Dedi: “Kim ishqig`a kõnglung o`rundur?”
Dedi: “Ko`nglimda jondek yoshirundir.”
Dedi: “Vaslig`a bor sen orzumand.”
Dedi: “Bormen xayoli birla xursand.”

Dedi: “Joningni olsalar yodi?”
Dedikim: “Ushbudir jonim murodi.”
Dedi: “Ko`nglung fido qilsa jafosi?”
Dedi: “Jonimni ham aylay fidosi.”

Dedi: “Bu ishqning tarki yaxshiroqdur?”
Dedi: “Bu sheva oshiqdin yiroqdur.”
Dedi: “Ol ganju, qo`y mehrin nihoni.”
Dedi: “Tufroqqa bermonkim yoni.”







Метки:

Здесь можно скачать бесплатно песню Farhod va Shirin - Dedi qo'shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Sardor Mamadaliyev - Omon yora qo'shiq matni128 kbps2-06-2017, 13:13Скачать
Toshpo`lat Matkarimov - Oq tulporim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:08Скачать
Sherali Jo`rayev - Ishq istilosi qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:00Скачать
Farrux Ahmedov - Qoshlarimda qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:31Скачать
Farruh Komilov - Aylandi qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:31Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.