Manzura feat. Kvartet guruhi - Paxtakor qo'shiq matni

[Manzura]
Katta maydon – uning nomi stadion,
Muxlislar bilan to`lgan
Qarang, to`rttala tomon.
O`yinchilar birma-bir
Paydo bo`lar shu zamon,
“Paxtakor” shubhasiz chempion, chempion!

[Kvartet]
Millionlar o`yini futbol,
To`p tepildi, ana qarang gol.
Qarsaklar yog`ilar tinimsiz yana,
“Paxtakor” g`alabasi biz uchun tantana.

Yakunlandi o`yin, “Paxtakor” g`olib,
Qolganlarning hammasi ketadi ortda qolib.
“Paxtakor” chempion, “Paxtakor” chempion,
Senga qoyil qoladi kelajakda butun jahon!

[Manzura va Kvartet]
“Paxtakor”, uravergin tinmay gol,
“Paxtakor”, doim birinchi bo`l. (x2)

“Paxtakor” (qani “Paxtakor”, qani “Paxtakor”)
“Paxtakor” (mana “Paxtakor”, mana “Paxtakor”) (x2)

[Manzura]
Ko`plab g`alabalarga erishgin kelajakda,
Yulduz bo`lib porlab tur zamin-u falakda.
Hech qachon unutmagin – muxlislaring million,
Hamisha quvvatlaymiz, sen faqat bizga ishon.

[Kvartet]
Sening g`alabang muxlislar yutug`i,
Bugun sen bilan birga “Kvartet” guruhi.
Manzura ham shu on bizga bo`ladi jo`r,
Qaytaramiz charchamay: “Paxtakor”, “Paxtakor”!

Xazinang to`laversin mukofotlar bilan,
Shuni tilashadi muxlislar chin dildan.
Futbolchilar, charchamang quvib to`pning ketidan,
Raqib tepgan koptok o`tsin darvoza chetidan.

[Manzura va Kvartet]
“Paxtakor”, uravergin tinmay gol,
“Paxtakor”, doim birinchi bo`l. (x2)

“Paxtakor” (qani “Paxtakor”, qani “Paxtakor”)
“Paxtakor” (mana “Paxtakor”, mana “Paxtakor”) (x2)

“Paxtakor”! (x4)

Mili-mili-million, millionlar o`yini,
Mili-mili-million, bo`l tez, bo`laqol. (x2)

[Manzura va Kvartet]
“Paxtakor”, uravergin tinmay gol,
“Paxtakor”, doim birinchi bo`l. (x2)

“Paxtakor”!


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Bojalar guruhi - Paxtakor qo'shiq matni128 kbps2-06-2017, 12:54Скачать
Radius 21 - Chagaev qo'shiq matni128 kbps2-06-2017, 12:01Скачать
Bojalar guruhi, Nilufar - Yana tantana qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:33Скачать
Shahzoda - G’alaba bo’lsa bas qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:26Скачать
Dildora Niyozova - Yana-yana qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:28Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.