Via Marokand - Salom muhabbat qo'shiq matni

Erta bilan turdim, kayfiyatim zo`r,
Derazamdan sekin termulsam,
Bir qiz har kun o`tar yo kimnidir kutar,
Nima bo`lar yoniga borsam?

Erta bilan turdim, bekat tomon yurdim,
Dugonam kelishini kutsam,
Bir yigit har kun boqar, u menga juda yoqar,
Nima qilaman yonimga kelsa?

Qarasam, kundan-kun sog`inarman har zum,
Negadir uni ko`rsam, yurak urar duk-duk-duk.
Tunlar uzundan-uzun, hayajonda har kun
Yoki bu sevgimikan, kirib kelgan tuk-tuk-tuk?

Salom muhabbat… Salom muhabbat…

U qizni so`ginib, bekat tomon chiqdim,
Men keldim, u nega kelmadi?
Yo kelishim sezdi, yoqtirishim bildi,
Bilib turib atay kelmadi.

Erta bilan tursam, bekat tomon yursam,
Men yoqtirgan yigit turardi.
U kimnidir kutar, qo`llarida gullar,
Afsus, nega meni ko`rmadi?

Qarasam, kundan-kun sog`inarman har zum,
Negadir uni ko`rsam, yurak urar duk-duk-duk.
Tunlar uzundan-uzun, hayajonda har kun
Yoki bu sevgimikan, kirib kelgan tuk-tuk-tuk?

Salom muhabbat… Salom muhabbat…

Boraymikan yaqinroq? (hayajondaman)
Sevishim aytsam tezroq. (uyalmoqdaman)
Bir umr qidirganim, (nahot o`zingsan?)
Har kuni so`ginganim… (tanho sensan)

Qarasam, kundan-kun sog`inarman har zum,
Negadir uni ko`rsam, yurak urar duk-duk-duk.
Tunlar uzundan-uzun, hayajonda har kun
Yoki bu sevgimikan, kirib kelgan tuk-tuk-tuk? (x2)

Salom muhabbat… Salom muhabbat… Salom muhabbat…







Метки:

Здесь можно скачать бесплатно песню Via Marokand - Salom muhabbat qo'shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Yodgor Mirzajonov - Salom ey ishq qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:12Скачать
Ulug`bek Ismailov - Baxtli kino qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:08Скачать
Sarvar va Komil - Salom qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:56Скачать
Sarvar va Komil - 18-bekat qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:56Скачать
Kamilla - Yurak urar qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:39Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.