O'ktam Ahmedov - Ul parivash qo'shiq matni

Ul parivash qadrim bilmas,
To kamola yetmaguncha. (x2)
Ko`ngli qattiq dardimni bilmas, aylanoman-ey,
Ul ham oshiq bo`lmaguncha. (x2)

Hali yoshdur, vafo qilmas,
O`ldim desam, bir qaramas.
Ming oh ursam, bir qayrilmas, aylanoman-ey,
To boshiga tushmaguncha.

Jon o`ynatur qaro ko`zi,
Tan yayratur shirin so`zi. (x2)
Qamashtirur ko`zni yuzi, aylanoman-ey,
Mayda sochi to`smaguncha. (x2)

Uchib ketdi ixtiyorim,
Jon bulbuli tor qafasda.
Ketmas ishqi Muqimiydan, aylanoman-ey,
Tandan bu jon chiqmaguncha. (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]