Botir Qodirov - Yaxshiyam sen borsan qo'shiq matni

Bir kuni keladi omad,
Menga ham kuladi omad.
Chekma ko`p nadomat,
Kelar, bo`lsak salomat
O`sha kunga.

Go`zalim, cho`kmagin g`amga,
Ko`naqol ko`p emas, kamga.
Duo bo`lar ijobat,
Bir kun keladi albat
O`sha kunlar.

Yonimda sen borliging – mening boyligim,
Menga vafodorliging – baxtimdir, chiroyligim.
Yaxshiyam sen borsan yonimda,
Halovatim bor mening jonimda. (x2)

Kelarkan, qilsa kim toqat,
Azoblar ortidan farog`at.
Keladi, bo`lsa faqat
O`rtamizda sadoqat
O`sha kunlar.

Yonimda sen borliging – mening boyligim,
Menga vafodorliging – baxtimdir, chiroyligim.
Yaxshiyam sen borsan yonimda,
Halovatim bor mening jonimda. (x2)

Yaxshiyam sen borsan yonimda… {x2}

Yonimda sen borliging – mening boyligim,
Menga vafodorliging – baxtimdir, chiroyligim.
Yaxshiyam sen borsan yonimda,
Halovatim bor mening jonimda.

Yaxshiyam sen borsan yonimda,
Halovatim bor mening jonimda.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]