Alisher Uzoqov - Oshiq yurak qo'shiq matni

Tomchi-tomchi gul bargida shabnam,
Beg`ubor bu xushbo`y atirgul.
Atirgul rangiday lablaring sening,
Seni shunday xumor sevaman.
Atirgul rangiday lablaring sening,
Bulbulday beg`ubor sevaman.

Ayla bedor, mayli, kelmay takror meni,
Ammo tingla sevgim to`la oshiq yuragimni.

Oshiq yurak vafo so`rar,
Xayollarim sog`intirar,
O`shal visol, o`sha ko`zlar bo`zlatar.
Oshiq yurak vafo so`rar,
Xayollarim sog`intirar,
Sehrli tun bu yulduzlar eslatar.

Ko`z tegmasin deb duo qilar jonim,
Tilaklarim, orzuyim o`zing.
Yashnasin yuzingdan bu olam sening,
Baxtingdan o`rgilib sevaman.
Yangrasin yuzingdan bu olam sening,
Jonim, shunday o`tli sevaman.

Ayla bedor, mayli, kelmay takror meni,
Ammo tingla sevgim to`la oshiq yuragimni.

Oshiq yurak vafo so`rar,
Xayollarim sog`intirar,
O`shal visol, o`sha ko`zlar bo`zlatar.
Oshiq yurak vafo so`rar,
Xayollarim sog`intirar,
Sehrli tun bu yulduzlar eslatar.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]