Navro'z Sobirov - Haydama qo'shiq matni

Sog`inganda chorlab turay,
Yor, yoningdan haydama.
Baxting bo`lib porlab turay,
Osmoningdan haydama. (x2)

Yoningdan, joningdan,
Osmoningdan haydama.
Majnuningman, maftuningman,
Yor, yoningdan haydama. (x2)

Sen ochilgan gulzor aro
Bulbulingman, kunim qaro.
Ayrilaverib bag`rim yaro,
Bo`stoningdan haydama.

Sensiz yashash menga yomon,
Lahzam yilga teng, janon.
Sen-la bo`lsam yashash oson,
Osoningdan haydama.

Sen-la bo`lsam yashash oson,
Osoningdan haydama.

Yoningdan, joningdan,
Bo`stoningdan haydama.
Majnuningman, maftuningman,
Yor, yoningdan haydama. (x2)

Sog`inchlaring sevging naqshi,
Men bir devona baxshi.
Men roziman – barcha yaxshi,
Yomoningdan haydama.

Menda borar joy yo`q ekan,
Sensiz yurar yo`llar tikan,
Oshig`ingni ko`ngil degan
Makoningdan haydama.

Oshig`ingni ko`ngil degan
Makoningdan haydama.

Yoningdan, joningdan,
Makoningdan haydama.
Majnuningman, maftuningman,
Yor, yoningdan haydama. (x2)

Osmoningdan haydama,
Bo`stoningdan haydama,
Makoningdan haydama,
Yor, yoningdan haydama.


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Abror Azizov - Yoningdaney qo'shiq matni128 kbps2-06-2017, 12:24Скачать
Shahrizoda guruhi - Xolis qo'shiq matni128 kbps2-06-2017, 12:09Скачать
Botir Qodirov - Qaytaman qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 20:47Скачать
Ozodbek Nazarbekov - Ketolmayman qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:20Скачать
Botir Qodirov - Ketganing yomon qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:25Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.