Shohjahon Jo'raev - Yor 16 yosh edi qo'shiq matni

Ilk bor mehrim tushganda,
Hushim boshdan uchganda, (x2)
Yoddan chiqmas, o`shanda

Tengsiz qalamqosh edi,
Yor o`n olti yosh edi. (x2)

Har kun yo`lin kutardim,
Xayolan gul tutardim, (x2)
Ko`rmasam g`am yutardim,
Oy bilan sirdosh edi,
Yor o`n olti yosh edi. {x2}

Bizdan baxtli u damda ham
Yo`q edi keng olamda, (x2)
Hatto tun-u kechamda,
Hamrohim quyosh edi,
Yor o`n olti yosh edi. {x2}

Ishqim izhor etay deb,
Visoliga yetay deb, (x2)
Birga olib ketay deb,
Borsam ko`zi yosh edi,
Yor o`n olti yosh edi. {x2}

Yorni yotga uzatdim,
Ko`zlarim jim kuzatdim, (x2)
Ammo dilim muzladi,
Eh, u juda yosh edi,
Yor o`n olti yosh edi.

Tengsiz qalamqosh edi,
Yor o`n olti yosh edi.
Eh, u juda yosh edi…


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Mashhurbek Yuldashev - Sevma yurak qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:16Скачать
Manzura - Bevafo qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:17Скачать
Bojalar guruhi - Yigirma yosh qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:17Скачать
Sardor Rahimxon - Yor-yora qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:56Скачать
Farruh Komilov - Voy-voy qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:31Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.