Shahzoda - Yomg’ir qo'shiq matni

Sani man vafodor debman,
Qalbida vafo bor debman,
Ko`zlarimga tik boqmasding,
Uni man hayo bor debman.

So`zingda shifo bor debman,
Dardimga davo bor debman,
Bormidi manda yo qasding?
Sani man vafodor debman.

Mayda-mayda, maydalab yog`ar yomg`ir,
Yuzlarimni siypalab, yog`ar yomg`ir.
Tomchilari eslatar seni menga,
Yuragimni timdalab, yog`ar yomg`ir. (x2)

Kutmagan edim sandan hech,
Nogahon deding mandan kech,
O`zimda xato bor debman,
So`zimda xato bor debman.

Bergan va’dangdan kechdingmi?
Yo niqobingni yechdingmi?
Yuzingda ziyo bor debman,
Sani man vafodor debman.

Mayda-mayda, maydalab yog`ar yomg`ir,
Yuzlarimni siypalab, yog`ar yomg`ir.
Tomchilari eslatar seni menga,
Yuragimni timdalab, yog`ar yomg`ir. (x2)

Mani, yor, ado qilib ketding,
Tuzalmas xato qilib ketding,
O`zing o`zgani, deya mendan
O`zingni judo qilib ketding.

Bag`rimni tilib-tilib ketding,
Yuragim yulib-yulib ketding.
Oh, nega sani yor debman?
Sani man vafodor debman.

Mayda-mayda, maydalab yog`ar yomg`ir,
Yuzlarimni siypalab, yog`ar yomg`ir.
Tomchilari eslatar seni menga,
Yuragimni timdalab, yog`ar yomg`ir. (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]