Bojalar guruhi - Klyosh qo'shiq matni

Shimimga qarab kulma, asalim,
Ko`p xingir-xingir-xingir
Deb buzmagin asabim, ey jonon.
Zamondan ortda qolgan bo`lsang kerak,
Poshnali poyabzal, katak klyosh,
Sochlarim telpak, chiroyliman.

Kiydim klyosh, klyosh, klyosh,
Cho`ntak bo`sh, bo`sh, bo`sh,
Qani xaloyiq, yo`llarimdan po`sh, po`sh.
Yigitning guli kelar,
Qaddi-qomatli qoraqosh.

Qo`limda tanburim, shu barmoqlarim dadil,
Man ting`ir, ting`ir, ting`irni
Boshlayman hozir, beshubha.
Qishlog`ida san’atimni yaxshi ko`rarlar,
Hatto qarsaklar o`rniga
Toshlar ham otib turarlar.

Kiydim klyosh, klyosh, klyosh,
Cho`ntak bo`sh, bo`sh, bo`sh,
Qani xaloyiq, yo`llarimdan po`sh, po`sh.
Yigitning guli kelar,
Qaddi-qomatli qoraqosh. (x2)

Dr-lang, dum-dum,
Qani lapardan olaqol endi, dum-dum.
Choponning beliga, nog`oraga gum-gum,
Kel-kel yor, qani raqsim alik.

Mana shu harakatim hali raqsda yangilik,
Bir qiyo boqqin, boshqachaman.
Ha-hu, ko`ngil qo`ygan bo`lsam, ha ko`rgin hozirlik,
E klyosh hurmati, xo`pmi jonim?

Kiydim klyosh, klyosh, klyosh,
Cho`ntak bo`sh, bo`sh, bo`sh,
Qani xaloyiq, yo`llarimdan po`sh, po`sh.
Yigitning guli kelar,
Qaddi-qomatli qoraqosh. (x2)


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Bojalar guruhi - Navro’z qo'shiq matni128 kbps2-06-2017, 12:11Скачать
Bojalar guruhi, Shohruhxon - Bo'ydoq qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:20Скачать
Shahzoda - Sen menga kerak qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:27Скачать
Ziyoda - Asalim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:14Скачать
Dineyra - Yolg’onchi yorim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:29Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.