Shaxriyor - Begonamiz qo'shiq matni

Sen achinma yurak,
U voz kechib bo`ldi.
Sevgi shartlarini
Nega u bilib buzdi?

Sarob, orzularim xarob,
To`kildi birma-bir, shodlik ko`zimdan yiroq.
Xafaman o`zimdan o`zim,
Sendan umidvor ko`zim.

O`ksinib tobora, bo`ysunmasdan ovora,
Bu yuragim bechora
Dastingdan halovat topolmay,
Bunga ko`nikolmay yashayapman hamon.

Nachora dil, aybdormi ko`ngil?
Bahonalar har xil jonimga tegdi.
Kerakmas, bo`ldi yetar, esingdan ham chiqar,
Unutib bo`ldim, sensizlikka ko`ndim.

Afsus, taqdir ekan,
Balki uchrashmaganimizda
Bu tuyg`ular bo`lmas edi yakson.
Sen uchun borimni bergan edim, ishon.

Endi begonadekmiz,
Sevgimiz osmonida qoldim men yolg`iz.
So`lib borar sevgimiz,
Kecha sen bilan edim, bugun men sensiz.

Sendan kecholmas yurak, (afsus)
Sog`inar yurak, (hanuz)
Unutolmasam kerak,
Tushuntir, qanday sensiz yashashim kerak?

Begonami endi biz?
Hislarim ummonida qoldim men yolg`iz.
Nahot so`ndi sevgimiz?
Unutib bo`lding meni, sevgilim esiz.

Sendan kecholmas yurak, (afsus)
Sog`inar yurak, (hanuz)
Unutolmasam kerak,
Sensiz bu hayotga jim ko`niksam kerak.

Osmon yiroq, termulaman uzoq,
O`zi kimdan ayb o`tdi, javobsiz so`roq.
Nahot o`sha kunlar, birga o`tgan damlarimiz
Shunchaki mazmunsiz?

Mayli, shart emas kim aybdor yoki gunohkor,
Bizning bu taqdirga.
Muhimi sen mendan kechding sababsiz,
Yuraksiz, bir zumda bo`ldim keraksiz.

Ayt, nahot menga boqqan ko`zlar
Aytilgan u so`zlar, tinmay qo`ng`iroqlar,
Sog`inchli so`roqlar bari edi soxta?
Qalb esa firoqda, yiroqda jim.

Dardlarimni ichimga yutib,
Unitib yashayman deyman-u, man afsus
Qayg`uga yuzma-yuz tikilib turarman,
Bir seni sevgan yuragimni o`zingga qoldirarman.

Endi begonadekmiz,
Sevgimiz osmonida qoldim men yolg`iz.
So`lib borar sevgimiz,
Kecha sen bilan edim, bugun men sensiz.

Sendan kecholmas yurak, (afsus)
Sog`inar yurak, (hanuz)
Unutolmasam kerak,
Tushuntir, qanday sensiz yashashim kerak?

Begonami endi biz?
Hislarim ummonida qoldim men yolg`iz.
Nahot so`ndi sevgimiz?
Unutib bo`lding meni, sevgilim esiz.

Sendan kecholmas yurak, (afsus)
Sog`inar yurak, (hanuz)
Unutolmasam kerak,
Sensiz bu hayotga jim ko`niksam kerak.

Sen achinma yurak,
U voz kechib bo`ldi.
Sevgi shartlarini
Nega u bilib buzdi?
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]