Alisher Uzoqov - Nahotki qo'shiq matni

Yo`llaringga termulib, o`tar uzun yillarim,
Yuragimni ko`ndirib, ketaverar sirlarim.
Nahot his etmas yuraging dil to`la dardlarim,
Nahot qadrsiz bo`lsa aytilgan bu gaplarim?

Nahotki shu bo`lsa sevgi?
Nahotki shu bo`lsa hayot?
Sen uchun yaralgan sevgim
Ololmasa sendan javob?

Nahotki shu bo`lsa sevgi?
Nahot bo`lolmaymiz qo`sh qanot?
Ushalmas hech bir orzular,
Qolib ketsa bo`lib sarob?

Bilolmayman aslida nechun keldim dunyoga
Yoki sevging dastidan qo`ydimmi yo`l xatoga?
Endi men kimga aytayin alamli bu dardlarim?
O`zimni yolg`iz, javobsiz sevgimni aybladim.

Nahotki shu bo`lsa sevgi?
Nahotki shu bo`lsa hayot?
Sen uchun yaralgan sevgim
Ololmasa sendan javob?

Nahotki shu bo`lsa sevgi?
Nahot bo`lolmaymiz qo`sh qanot?
Ushalmas hech bir orzular,
Qolib ketsa bo`lib sarob?
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]