Alisher Uzoqov - Durdona yor qo'shiq matni

Kechalar shirin xayolimda shu ikki yulduzing,
Bu yulduz ko`zlaringga oshiq-u zoring o`zim.
Uyalib-uyalib ketma mendan uzoqqa, sog`indim,
Ahd-u paymonim bo`l, yorim seni sevdim.

Kechalar shirin xayolimda shu ikki yulduzing,
Bu yulduz ko`zlaringga oshiq-u zoring o`zim.
Yaralab-yaralab ketma, diydoringni sog`indim,
Sevgim izhorin tingla, dildor.

Hay yorey, durdona yor,
Yagonaman deb yondirma.
Vaslingga bo`ldim xumor,
Ko`nglimni qoldirma.

Hay yorey, durdona yor,
Yagonaman deb yondirma.
Yorim bo`l, berma ozor,
Go`zal dildor.

Mazmunli noz bilan aqlimni hayron aylading,
Yanada shaydo qilar holimga beparvoliging.
Mana man sani chin dildan sevgan vafoli yoringman,
Ishqimni inkor etma, dildor.

Hay yorey, durdona yor,
Yagonaman deb yondirma.
Vaslingga bo`ldim xumor,
Ko`nglimni qoldirma.
Hay yorey, durdona yor,
Yagonaman deb yondirma.
Yorim bo`l, berma ozor,
Go`zal dildor. (x1+x1)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]