Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Ziyoda feat. Alisher Uzoqov - Kichkina xo’jayin qo'shiq matni

Ziyoda feat. Alisher Uzoqov - Kichkina xo’jayin qo'shiq matni

[Ziyoda]
Yolg`on sevgini ko`rdingmi ravo?
Ishongandim sening muhabbatingga,
Tirnalgan yurakka endi yo`q davo, o`-o`.
Seni sevganlarim bo`ldimi bekor?
Ishonmasman sening muhabbatingga,
Yagona deb aytarding takror, e-ey.

[Alisher Uzoqov]
Ishongin, chin mening so`zlarim,
Bu dunyoda, jonim, o`zing tanho.
Hey, imkon ber, tinglagin so`zlarim,
Yuragingga o`zim bo`lay davo.

[Ziyoda]
Men o`ylagandek, hech bilmagandek
Kichkina xo`jayin.
[Alisher Uzoqov]
Imkonim yo`q edi aytishga senga
Men deb xo`jayin. (x2)

[Ziyoda]
Sen o`zingni buncha kamtar ko`rsatma,
Yo`lg`on va’dalaring tegdi jonimga,
Charchadim-ey, manga so`zlama, o`-o`.
O`zingni yuvosh ko`rsatma,
Yaxshi bildim sening yolg`oning,
Bas, charchadim baridan, voydod.

[Alisher Uzoqov]
Ayt, qanday sevishim isbotlay,
Qalbingga ayt, sevgim, men yo`l topay?
Kel sevgim, sen mening yonimga,
Qoshi qora, ko`zingdan aylanay.

[Ziyoda]
Men o`ylagandek, hech bilmagandek
Kichkina xo`jayin.
[Alisher Uzoqov]
Imkonim yo`q edi aytishga senga
Men deb xo`jayin. (x2+x4)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]