Xushnud - Yolg’on qo'shiq matni

Sovuq shamol esar erta tong derazam uzra,
Qalbim seni eslar, yana qiynalib bechora.
Har tong ko`zim ochsam yonimda bo`lsayding zora,
Afsus senda yurak yo`q ekan, endi nachora?

Sevar edim axir bor vujudim ila seni,
Bilar eding axir, nega yolg`izman men endi?
Qani endi meni yo`qlab kelsayding bir bora,
Yoki aytgin, jonim, bolarmisan ovora?

Tuyg`usiz, muzlagan bu yuragingga
O`rganib qolgandi sodda yuragim.
Cheksiz yozgan ma’noli maktublaringga
Ishonib qolgandi sodda yuragim.

Ma’noli qora, soxta ko`zlaringga
O`rganib qolgandi ikki ko`r ko`zim.
Samimiy, yolg`on bo`lgan kulgularingga
Ishonib qolgandi ikki ko`r ko`zim.

Tuyg`ularim qayg`ularga, jonginam meni bir o`zgalarga,
Xayollarim orzularga bir o`zim tashlab ketar yana.
Nahot endi ko`nikolmasman, nahot endi unutolmasman
Ul bag`ritoshni. (x2)

Sen ketgan kundan yig`laydi osmon,
Seni unutish bo`lmaydi oson.
Qani bir bora bolganda imkon,
Yolg`iz qo`ymasdim jonginam har on.

Yolg`on-yolg`on, birma-bir yolg`on bergan va’dalaring jonim,
Har on, har on xilma-xil yolg`on, to`ydim hammasidan zolim.
Hamon-hamon yig`laydi osmon bevafoyim ketgan kundan,
Charchadim axir. (x2)

Tuyg`usiz, muzlagan bu yuragingga
O`rganib qolgandi sodda yuragim.
Cheksiz yozgan ma’noli maktublaringga
Ishonib qolgandi sodda yuragim.

Ma’noli qora, soxta ko`zlaringga
O`rganib qolgandi ikki ko`r ko`zim.
Samimiy, yolg`on bo`lgan kulgularingga
Ishonib qolgandi ikki ko`r ko`zim.


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Tohir Sodiqov - Sen ketgan kundan qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:29Скачать
Shahzoda - Sen menga kerak qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:27Скачать
Rayhon - Izlama qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:23Скачать
Ravshan Sobirov - Nega aytgin qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:53Скачать
Munisa Rizayeva - Yurak qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:45Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.