Mango guruhi - Farg’onali qo'shiq matni

Farg`ona, Farg`onali… {x2}

Sochi uzun, buramali,
Kokili-kokili o`ramali,
Egnida atlasi jozibali,
Ovozi shirin, musiqali.

Ha, yashavoring,
Laka, lum-lumga chalavering.
Sho`x noz-u karashmaga
Lol-u hayron bo`lavering.

Oldimda yo`l, yuraveraman,
Vodiyga tong otguncha yetib boraman.
Bezovta bo`lib, yo`l qarab yurmang,
Uch yarim soatda eshigingiz oldida bo`laman.

Farg`onali, Farg`ona, Farg`onali… {x4}
Mening sevgilim…

Farg`onali, parixonali,
Mahallasi, uyi bolaxonali.
Gul ekilgan ostonali,
Kelaqoling, kelaqoling choyxonali.

Dadasining hurmati martabali,
Akasining odati salom-alik.
Sevgimiz romantikali,
To`y qilamiz duo-fotihali.

Oldimda yo`l, yuraveraman,
Vodiyga tong otguncha yetib boraman.
Bezovta bo`lib, yo`l qarab yurmang,
Uch yarim soatda eshigingiz oldida bo`laman.

Farg`onali, Farg`ona, Farg`onali… {x4}
Mening sevgilim…

Oldimda yo`l, yuraveraman,
Vodiyga tong otguncha yetib boraman.
Bezovta bo`lib, yo`l qarab yurmang,
Uch yarim soatda eshigingiz oldida bo`laman.

Farg`onali, Farg`ona, Farg`onali… {x4}
Farg`onali…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]