Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Ruhshona feat. Bojalar guruhi - Do’stlar orasida qo'shiq matni

Ruhshona feat. Bojalar guruhi - Do’stlar orasida qo'shiq matni

[Jamshid Shokirov]
Dunyo ko`rinar boshqacha rangda,
Yaqin do`stlar yoningga kelganda, kelganda.
Qiziqarli suhbatlar boshlanar
Bir zumda, ajoyib sur’atda.

[Ruhshona]
Yuzga kulgu kelar, armonlar olis ketar,
Do`stlaring oldingda bo`lsa, ha.

[Sirojiddin, Ruhshona va Jamshid]
Qara, kunlaring sara, hayot o`zgacha
Do`stlar orasida. (x2)

[Sirojiddin]
Har vaziyatda qo`l cho`zar,
Yelkama-yelka yoronlar, yoronlar.
Ey, ozor berolmay yonar
Yomonlar, yomonlar.

Bebaho fazilat, Tangrim bergan ne’mat
Do`stligimiz, do`stligimiz.

[Sirojiddin, Ruhshona va Jamshid]
Qara, kunlaring sara, hayot o`zgacha
Do`stlar orasida. (x2)

[Bojalar guruhi]
Bu dunyoda yagonam, oqibatli insonim,
Qalbing pok bo`l, oqibatli bo`l.
Hamma bo`lsin hayrona, do`stlar bo`lmas begona,
Do`stim xo`r bo`l, qo`shiqqa jo`r bo`l.

[Sirojiddin, Ruhshona va Jamshid]
Qara, kunlaring sara, hayot o`zgacha
Do`stlar orasida. (x4)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]