Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Bojalar guruhi - Do’stim (Mo’min Oripov xotirasiga) qo'shiq matni

Bojalar guruhi - Do’stim (Mo’min Oripov xotirasiga) qo'shiq matni

Har kun ertalab turib,
O`tmishimni qo`msayman.
Tushimmikin yo o`ngim,
Hamon anglay olmayman.

Ko`rgim kelar har zamonda,
Hamon sog`inch qiynaydi.
Qiyomatli do`stim mani,
Shirin so`zing yetmaydi.

Shu ko`yga tan beraman,
Ammo yuragim ko`nmas.
Do`stim, seni sog`indim,
Xayolim bir joy emas.

Dasturxon yozib ora,
Mehmonimni kutaman.
Jigarlarim jam bo`lsa ham,
Eshigimga qarayman.

Eslasam, eslasam,
Duoga qo`l yozaman.
Do`stim, seni unutmaymiz,
Sen ham bizni unutma.

Do`stim, seni unutmaymiz,
Sen ham bizni unutma.

Mayli, O`ziga shukur,
Isyon etib qo`ymayin.
Taqdir azal shu ekan,
Norizolik qilmayin.

Qolding dilda naqsh bo`lib,
Shu hol, yosh va beg`ubor.
Hammaga teng mehribon,
Ming rahmatga sazovor.

Eslasam, eslasam,
Duoga qo`l yozaman.
Do`stim, seni unutmaymiz,
Sen ham bizni unutma.
Do`stim, seni unutmaymiz,
Sen ham bizni unutma. (x1+x1)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]