Farrux Raimov - O’g’iloy qo'shiq matni

Akalar, manga qaranglar,
Oq sochlarim sananglar,
O`g`iloyning bu dastidan dod, dod.
Akalar, manga qaranglar,
Ko`z yoshlarim sananglar,
O`g`iloyning yolg`onidan dod, dod.

Hecham gapga kirmasa,
Gapga quloq qo`ymasa,
O`g`iloyning bu dastidan dod, dod.
Qalam qoshli, bilaman,
Nima qilay sevaman,
O`g`iloyning yolg`onidan dod, dod.

Tanalarim qizib ketar,
Hayajonim o`zib ketar,
O`g`iloy, sani ko`rsam, O`g`iloy.
Oy-oy-oy, sevgi yomon,
Qalbimni o`g`irlading, O`g`iloy,
Jonim O`g`iloy. (x2)

Mahallamizda turgan
Shu qiz yurakdan urgan,
Menga faqat shu kerak,
O`g`iloy, O`g`iloy.

O`zi yomon qiz emas,
Sevgini balki bilmas,
Mani bir tiyinga ilmas,
O`g`iloy, O`g`iloy.

Hecham gapga kirmaydi,
Gapga quloq qo`ymaydi,
O`g`iloyning bu dastidan dod, dod.
Qalam qoshli, bilaman,
Nima qilay sevaman,
O`g`iloyning yolg`onidan dod, dod.

Tanalarim qizib ketar,
Hayajonim o`zib ketar,
O`g`iloy, sani ko`rsam, O`g`iloy.
Oy-oy-oy, sevgi yomon,
Qalbimni o`g`irlading, O`g`iloy,
Jonim O`g`iloy. (x2)

Opalar, manga qaranglar,
Akalarimni sananglar,
Birortasi ish bermadi, dod-dod.
Opalar, manga qaranglar,
O`g`iloyni ko`ndiringlar,
Shu qizchaga uylanaman, dod-dod.

Hecham gapga kirmaydi,
Gapga quloq qo`ymaydi,
O`g`iloyning bu dastidan dod, dod.
Qalam qoshli, bilaman,
Nima qilay sevaman,
O`g`iloyning yolg`onidan dod, dod.

Tanalarim qizib ketar,
Hayajonim o`zib ketar,
O`g`iloy, sani ko`rsam, O`g`iloy.
Oy-oy-oy, sevgi yomon,
Qalbimni o`g`irlading, O`g`iloy,
Jonim O`g`iloy. (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]