Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Abdurashid Yo'ldoshev - Mayda qadamlaringdan qo'shiq matni

Abdurashid Yo'ldoshev - Mayda qadamlaringdan qo'shiq matni

Nega menga boraman deb kelmading, va’dang qani?
Yo`llaringga zor qaratib aldading, yorim mani. (x2)

Yana kelmay qolmagin, dilga alam solmagin,
Sog`inchlarda xasta bo`ldim, kelgin-ey, yorim mani.
Sog`inchlarda xasta bo`ldim, kelgin-ey, bir ko`rgani.

Nozli alamlaringdan, qoshi qalamlaringdan,
Kelishing qiyin aylagan mayda qadamlaringdan. (x2)

Bog`imda atirgullarim ochilib seni kutar,
Yo`llaringga poyondozdayin sochilib seni kutar. (x2)

Yana kelmay qolmagin, dilga alam solmagin,
Sevmaganlar o`z yorini shunday tezda unutar.

Yana kelmay qolmagin, dilga alam solmagin,
Sog`inchlarda xasta bo`ldim, kelgin-ey, bir ko`rgani.
Sog`inchlarda xasta bo`ldim, kelgin-ey, yorim mani.

Nozli alamlaringdan, qoshi qalamlaringdan,
Kelishing qiyin aylagan mayda qadamlaringdan. (x2)

Diydoringni bir ko`rmoqqa yoki zor aylaysanmi?
Ko`zlarimga keng dunyoni shuncha tor aylaysanmi? (x2)

Yana kelmayin qolmagin, dilga alam solmagin,
Sog`inchlarda xasta bo`ldim, kelgin-ey, yorim mani.
Sog`inchlarda xasta bo`ldim, kelgin-ey, bir ko`rgani.

Nozli alamlaringdan, qoshi qalamlaringdan,
Kelishing qiyin aylagan mayda qadamlaringdan. (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]