Yakzon - Kechir do’stim qo'shiq matni

Tushmi yoki ertakmi
Yo hayotning hazili –
Sevib qoldim do`stimning
Yaxshi ko`rgan qizini.

Uning shahlo ko`zlari
Menda ham yoqdi olov,
Ikki o`t orasida
Oxir bo`laman ado.

Do`stligimiz oldida
Men boshimni egaman,
Lekin tushungin, do`stim,
Uni men ham sevaman.

Do`stligimiz hurmati
Yashayman gapirmay jim.
Men senga aytolmasam,
Eshitadi meni kim, meni kim?

Voz kechaman deyman-u
Sevgimdan do`stim uchun,
Xayollarim band etar
Yana begona sevgi har tun.

Aytaman deyman, lekin
Qo`rqaman natijasidan.
Ayrilgim kelmas bir zumda
Ham sevgim, ham do`stimdan.

Do`stligimiz oldida
Men boshimni egaman,
Lekin tushungin, do`stim,
Uni men ham sevaman.
Do`stligimiz hurmati
Yashayman gapirmay jim.
Men senga aytolmasam,
Eshitadi meni kim, meni kim? (x1+x1)

Meni kim, meni kim… {x2}
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]