Jahongir Otajonov - Rashk qo'shiq matni

Rashk, rashk, rashk qilaman o`zimdan ham,
G`ash bo`laman o`z-o`zimning ko`zimdan ham.
Chimirma qosh, qo`pol aytgan so`zimdan ham,
Labing tegsa, hasad qilgum o`zimdan ham. (x2)

Seni yotlar tugul, hatto qilaman rashk o`zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam, bo`laman g`ash ko`zimdan ham.
Ko`zim yongay senga nargiz ko`zin tiksa chamanlarda,
Yashirmam lolaga rashkim, ayon bo`lgay yuzimdan ham. {x2}

Rashk, rashk, rashk qilaman o`zimdan ham,
G`ash bo`laman o`z-o`zimning ko`zimdan ham.
Chimirma qosh, qo`pol aytgan so`zimdan ham,
Labing tegsa, hasad qilgum o`zimdan ham. (x2)

Seni jonim dedim yolg`iz, seni qalbim dedim tanho,
Chimirding qosh, pushaymonman, qo`pol aytgan so`zimdan ham.
Visol onida ko`z ochsa ne tong, tongdan ko`ngilda ranj,
Judo qilgay meni oy yuz, xumorko`z yulduzimdan ham. {x2}

Rashk, rashk, rashk qilaman o`zimdan ham,
G`ash bo`laman o`z-o`zimning ko`zimdan ham.
Chimirma qosh, qo`pol aytgan so`zimdan ham,
Labing tegsa, hasad qilgum o`zimdan ham. (x2)

Rashk, rashk, rashk…


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Tohir Sodiqov - Sen aytarding qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:29Скачать
Rayhon - Sensiz yashasam qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:24Скачать
Lola - Sog’indim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:41Скачать
Farrux Raimov - Mani sev qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:31Скачать
Daler - Izlayman qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:27Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.