Bojalar guruhi - Hay-hay sekin qo'shiq matni

Qadam ba qadam talablaringga
Yugura-yugura charchadim,
Nimadir yoqmasa, yuz o`girasan.
Yaqinda aqlimdan ozaman –
Turgan-bitgan gap, o`jar nozigim,
Kipriklaringni qoqib, jilmayasan.

Shakarim maning, qara,
San’atimga baho ber, “dancer”man,
Maykl Jeksonga o`xshayman aniq.
Kuylaganimda esa,
Oshnam Tursunboy “ovozingga gap yo`q der”.
Tursunboy ham haq, mana eshitgin:
Jimmi-jimmi, hattuba!

Hay-hay sekin,
Jonimni uzma, senda ko`ngil.
Hay-hay sekin,
Ko`zingni suzma, ado bo`lmay, yay-yay-yay.

Nima deganing bu: “Mabodo,
Ovqat-povqat qilishni bilasanmi?”mish,
Ie, unda siz nimalar qilasiz?
Quloqda lag`mon, hamma yoq ugra-ugra-ugra,
Har doim xomush,
Yo`q, unaqasi ketmas, kechirasiz!

Shakarim maning, qara,
San’atimga baho ber, “dancer”man,
Maykl Jeksonga o`xshayman aniq.
Kuylaganimda esa,
Oshnam Tursunboy “ovozingga gap yo`q der”.
Tursunboy ham haq, mana eshitgin:
Jimmi-jimmi, hattuba!

Hay-hay sekin,
Jonimni uzma, senda ko`ngil.
Hay-hay sekin,
Ko`zingni suzma, ado bo`lmay, yay-yay-yay. (x2)

To`xta, ey, anovini qulog`ini burab turgin-ey,
Bir pas jim tur. Qani yana ketdi, bos!

Hay-hay sekin,
Jonimni uzma, senda ko`ngil.
Hay-hay sekin,
Ko`zingni suzma, ado bo`lmay, yay-yay-yay. (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]