Radius 21 - Sevar eding qo'shiq matni

[Radius 21]
Yo`qolgan bo`lsa hamki muhabbat,
Tark etmagan iliq munosabat.
[Setora]
Har zamonda do`stona uchrashib,
Boramiz tobora yaqinlashib.

[Radius 21]
Uchrashuvga yo`q, izlayman bahona,
Ishqingda xuddi ilgaridek yona.
[Setora]
Yurakdan sog`inganman visolingni,
Aytginchi, eslaysanmi sen ham meni?

[Radius 21 va Setora]
“Sevar eding”, deding, deding,
Bag`ringga meni bosib, meni bosib.
“Sevar edim”, dedim, dedim,
Men senga nomunosib, nomunosib. (x2)

[Radius 21]
Go`zalim, senga qo`ng`iroq qilganda
Mayin titroq sezaman badanimda.
[Setora]
Buni ovozingdan anglashim oson,
Ortiqcha gap gapirmaysan hech qachon.

[Radius 21]
Uchrashuvga yo`q, izlayman bahona,
Ishqingda xuddi ilgaridek yona.
[Setora]
Yurakdan sog`inganman visolingni,
Aytginchi, eslaysanmi sen ham meni?

[Radius 21 va Setora]
“Sevar eding”, deding, deding,
Bag`ringga meni bosib, meni bosib.
“Sevar edim”, dedim, dedim,
Men senga nomunosib, nomunosib. (x2+x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]