Jo'rabek - Ayt ko’zlaringda qo'shiq matni

Men qachonlardir yo`qotgan tushlarimni
Topdim ko`zlaringda, sening sirli ko`zlaringda.
Va endi ketma, sevgimni sen tark etma,
Bir umrga qolgin yonimda.

Ayt ko`zlaringda, yuragim sog`inadi
Guldek lablaringni, jonginam.
Bormikan dilingda, bormikan yuragingda
Menga bo`lgan g`uncha muhabbat.

Sen uchun dilimda, sen uchun yuragimda
Sevaman men o`zligim bilmay.
Ishongin qalbimga, seni men bir umr kutarman
Eng yorug` orzularday.

Keng samolarda izlayman yulduzimni,
Sensiz sahrolarda topolmay o`z gulimni.
Lekin men bilarman, sevgimga ishonarman,
Ne bo`lsa ham seni toparman.

Bu ko`zlaringda, sirli sening ko`zlaringda
Men kuch toparman va ko`klarga ham ucharman.
Ayt o`zing menga, shartlaringni aytgin menga,
Sen uchun o`lib-tirilarman.

Ayt ko`zlaringda, yuragim sog`inadi
Guldek lablaringni, jonginam.
Bormikan dilingda, bormikan yuragingda
Menga bo`lgan g`uncha muhabbat.

Sen uchun dilimda, sen uchun yuragimda
Sevaman men o`zligim bilmay.
Ishongin qalbimga, seni men bir umr kutarman
Eng yorug` orzularday.


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Bahrom Nazarov - Baxt uchun qo'shiq matni128 kbps19-07-2017, 13:19Скачать
Tohir Sodiqov - Bu oqshom qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:29Скачать
Shohjahon Jo`raev - Farishtaginam qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:02Скачать
Jasur Umirov - Armon qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:38Скачать
Dineyra - Yig’layman qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:29Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.