» » Zarina Nizomiddinova feat. Shaxriyor - Kerakmas qo'shiq matni

Zarina Nizomiddinova feat. Shaxriyor - Kerakmas qo'shiq matni

[Shaxriyor]
Qara, yurak-bag`rim bo`lib ketdi pora-pora,
Bir seni deb ovora, yolg`izlanganim bechora.
Ortingga qayt deding, do`stmizku, ayt deding,
Sevgiga balo bormi, jonginam, shu payt deding.

Jonginam deb turib, bizni faqat do`st deysan,
Axir sevib bo`lganman, bilib turib, bilmaysan.
Nega men bir telba misoli sarsonman,
Yo xonavayronman? Tushunolmay hayronman.

Nahotki shuncha paytlar meni faqat do`st bilding,
Ko`r qilding, zor qilding, yuragimni xor qilding.
Ayt nega bunday, qilmishlaringni tushunolmadim,
O`ylab topolmadim, sababini anglolmadim.

To`xta, shoshma bir payt, menga javobing ayt,
Nahot bularning bari sen uchun oddiy holat?
Tun-u kunlar birga bo`lgan damlarni unutdingmi?
Sevgimizni sotdingmi yo afzalrog`ini topdingmi?

[Zarina Nizomiddinova]
Kerakmas orzular, (birga o`tkazgan bedorli tunlar)
Sensiz bu tuyg`ular. (sog`inib yurak seni deb urar)
Qanday voz kechasan (aha) keragingda, (ayt,ayt)
Ayni shu payt ketma.

Kerakmas orzular, (tinchimas yurak, bir seni so`rar)
Sensiz bu manzillar. (o`zgardi ular, har taraf yo`llar)
Nega ayt voz kechding (ah) mendan endi (ayt, ayt)
Senga ko`nikkan edim. (aha)

[Shaxriyor]
Atrofim zim-ziyo, qalbimga tekkan o`q,
Seni deb bu ahvolga tushdim, senga farqi yo`q.
Ertaklarga aylangan, hayotim misli kino,
San unda bosh roldasan, mani unda keragim yo`q.

Bilganimda edi sevgi azobini,
Seni sevmas edim, iloji yo`q buni.
Qalbimni tushunolmay yashamoqdaman hamon,
Go`yo mavjudmasman, yashashim dargumon.

Hech bo`lmasa bir bor shu kunni eslaysanmi?
Unutilmas kun deb, tunlari yig`laysanmi?
Tun-u kun seni o`ylab behudaga yondimmi?
San afzalrog`ini topib, man do`st bo`lib qoldimmi?

Nega bevafo sevgim qalbimni tig`laydi?
Ko`zlarim kulib turib, yuragim yig`laydi.
Mayli, man oddiy bola, san uchun ular zo`r,
Manchalik seva oladimi, bir bora o`ylab ko`r.

[Zarina Nizomiddinova]
Kerakmas orzular, (birga o`tkazgan bedorli tunlar)
Sensiz bu tuyg`ular. (sog`inib yurak seni deb urar)
Qanday voz kechasan (aha) keragingda, (ayt,ayt)
Ayni shu payt ketma.

Kerakmas orzular, (tinchimas yurak, bir seni so`rar)
Sensiz bu manzillar. (o`zgardi ular, har taraf yo`llar)
Nega ayt voz kechding (ah) mendan endi (ayt, ayt)
Senga ko`nikkan edim.

[Shaxriyor]
Ko`zlarim ko`r bo`lsa, ko`zlaring ko`rmas edim,
Balki xotiramdan ayrishsa, seni o`ylamas edim.
Sen bilan o`tgan kunlar unutilganga o`xshaydi,
Ammo sendan qolgan dard abadiy yashaydi.


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Shaxriyor - Begonamiz qo'shiq matni128 kbps2-06-2017, 13:28Скачать
Tohir Sodiqov - Seni sog’indim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:29Скачать
Tohir Sodiqov - Savol qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:29Скачать
Tohir Sodiqov - Nega sen ket deding qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:29Скачать
Shahzoda - Yurak qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:28Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.