Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Gulasal Abdullayeva - Keling o’ynaylik qo'shiq matni

Gulasal Abdullayeva - Keling o’ynaylik qo'shiq matni

Yayratadi bizni yana
Doiraning zarbasi,
Yuragida o`ti borlar
Chetda turmay o`ynasin.

Sozandalar, sho`x kuylarni
Chaling endi basma-bas,
Chorlamoqda bizni ana
Qadrdonlar davrasi.

Ey, shirin-shirin ohanglarni
Qayta-qayta kuylaylik,
Keling, bizga yarashadi,
Davrada o`ynaylik! (x2)

Yaxshi niyat qilganning
Ishi yaxshi bo`ladi,
Yoshligingda o`ynab ol,
O`ynaganing qoladi.

Doirangning qasqoni,
Ipi bormi osgani?
Yorim kelar qizg`onib,
Yo`llarimni to`sgani.

Ey, shirin-shirin ohanglarni
Qayta-qayta kuylaylik,
Keling, bizga yarashadi,
Davrada o`ynaylik! (x2+x4)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]