Shahzod Murodov - Faqat menga ayt qo'shiq matni

Diling kuygan payt,
Dardni tuygan payt,
Nima gap bo`lsa,
Faqat menga ayt.

Ko`zing yoshlansa,
Qalbing g`ashlansa,
Qayg`u boshlansa,
Faqat menga ayt.

Do`stdan dushman ko`p,
Yo`llaringda to`p.
So`zimga kir, xo`p?
Faqat menga ayt.

Nima g`aming bor,
Nima kaming bor?
Ne bo`lsa darkor,
Faqat menga ayt.

Faqat menga, menga ayt, {x3}
Nima gap bo`lsa, oshkor.
Faqat menga, menga ayt, {x3}
Ne bo`lsa senga darkor.

Yum ko`zlaringni,
Yulduzlaringni,
Dil so`zlaringni,
Faqat menga ayt.

Dil izhoringni,
Dil humoringni,
Dilda boringni,
Faqat menga ayt.

Aytma oshkora,
Bo`lmasa chora,
Qilib ishora
Ey, faqat menga ayt.

Aytgin hammasin,
Darding qolmasin,
Hech kim bilmasin,
Faqat menga ayt.

Faqat menga, menga ayt, {x3}
Nima gap bo`lsa, oshkor.
Faqat menga, menga ayt, {x3}
Ne bo`lsa senga darkor.


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Shohruhxon - Kofe qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:50Скачать
Tohir Sodiqov - Savol qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:29Скачать
Sardor Mamadaliyev - Yor kerak menga qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:54Скачать
Sahar - Yomg’ir qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:53Скачать
Kumush Razzoqova - Siz yoqqansiz qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:40Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.