Adi - Boylandim qo'shiq matni

O`tga tushgan gul bargidek yonar tanim,
Hasratlarim, armonlarim ko`pdur manim,
Holim ko`rib suyunadi bu kun g`anim,
El ichida devonaga aylandim-ey,
Bir sanamga boylandim-ey, boylandim-ey. (x2)

El ichida devonaga aylandim-ey,
Bir sanamga boylandim-ey, boylandim-ey. {x2}

Dunyo nima, dunyo o`zi bozor ekan,
Mehr berib, siylagani ozor ekan,
Har bandaning borar joyi mozor ekan,
El ichida devonaga aylandim-ey,
Bir sanamga boylandim-ey, boylandim-ey.

El ichida devonaga aylandim-ey,
Bir sanamga boylandim-ey, boylandim-ey. {x2}

Muhabbatning qadriga yo yetmadimmi?
U boshlagan yo`llardan yo ketmadimmi?
Yurakkinam buyurganini bitmadimmi?
El ichida devonaga aylandim-ku,
Bir sanamga boylandim-ey, boylandim-ku.

O`tga tushgan gul bargidek yonar tanim,
Hasratlarim, armonlarim ko`pdur manim,
Holim ko`rib suyunadi bu kun g`anim,
El ichida devonaga aylandim-ey,
Bir sanamga boylandim-ey, boylandim-ey.

El ichida devonaga aylandim-ey,
Bir sanamga boylandim-ey, boylandim-ey. {x2}


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Mirjamol - Anora qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:33Скачать
Ozodbek Nazarbekov - Sevdim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:21Скачать
Sardor Rahimxon - Boylandim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:55Скачать
Hilola Hamidova - Boylandim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:36Скачать
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:24Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.