Jahongir Otajonov - Ado bo’lsam qo'shiq matni

Bir ko`chaning ul boshida, bul boshida,
Men yorga zor, yorim turar gul yoshida. (x2)
Borolmayman yo gul tomon, yo yo`l tomon,
Netay, jonim omonatdir qil qoshida. (x2)

Aqlu-hushim o`g`irlagan sumbullari,
Ko`ngil qushim xayollari xol-moshida. (x2)
Qaldirg`ochim qoshginamga qayrilmasang,
Yetolmayman qirq yoshimning zil toshida. (x2)

Bir ko`chaning ul boshida, bul boshida,
Men yorga zor, yorim turar gul yoshida.

Uchrashmagan yoshlarimiz uchrashdi-yo,
Ko`zlarimiz bir-birlarin sirdoshida.
Sokin yoshim shaydoladi sultonim-a,
Ne borligin bilmas ekan gulyoshida.

Kuyib kuylab, ado bo`lsam, yor bilmasin,
Xabar topsin Mug`anniyning el oshida. (x2)
Qaldirg`ochim qoshginamga qayrilmasang,
Yetolmayman qirq yoshimning zil toshida. (x2)

Bir ko`chaning ul boshida, bul boshida,
Men yorga zor, yorim turar gul yoshida. (x2)

Men yorga zor, yorim turar gul yoshida…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]