Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Sevara Nazarkhan - Menga ham o’rgating qo'shiq matni

Sevara Nazarkhan - Menga ham o’rgating qo'shiq matni

Menga ham o`rgating sog`inmaslikni,
Barin unutmoqni o`rgating menga.
O`rgating, goh o`ylab – og`rinmaslikni
Va bu ishqni qanday olmoqni yenga.

Menga ham o`rgating tashlab ketishni
Va ayta olmoqni achchiq so`zlarni.
O`rgating ayamay, yoshlab ketishni
Izingizdan qarab qolgan ko`zlarni.

Menga ham o`rgating, sadqasi bo`lay,
Ishqingiz o`rgatgan har bir saboqning.
O`rgating, anglating – men nima qilay?
Xumori – o`rtasi otash dudoqning.

Menga ham o`rgating suyunmaslikni,
Beparvo bo`lmoqni, agar suysalar.
O`rgating hech qachon kuyunmaslikni,
Ishqingizda yonib-yonib kuysalar!

Menga ham o`rgating lazzat olishni,
O`zgani sevdirib, o`zi sevmasdan.
O`rgating bir umr yodday qolishni
Va kelmay, ketmoqni bir so`z demasdan!

Menga ham o`rgating sog`inmaslikni… {x2}
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]