Mavluda Asalxo'jayeva - Bahor qo'shiq matni

Dillar quvonchga to`ladi yana,
Sen kelsang bahorim, sen kelsang.
Ko`zlar quvonchdan kuladi yana,
Sen kelsang bahorim, sen kelsang.

Qaldirg`och samoda qanotin yozar,
Sen kelsang bahorim, sen kelsang.
Maysalar ko`klarga bo`ylarin cho`zar,
Sen kelsang bahorim, sen kelsang.

Fasllar ichida erkamsan bahor,
Guldan ayvon qurgan ertamsan bahor.
Dillarni to`ldirib shirin xayolga,
Xush kelding o`lkamga, munisam bahor. (x2)

Dehqonlar sog`inib to`rt bo`ldi ko`zi,
Quvonchidan yonar mushtoq ul ko`zi.
Qalblarni bog`lovchi sevgi faslisan,
Sevgimga sabab ham bo`lgan aslisan.

Fasllar ichida erkamsan bahor,
Guldan ayvon qurgan ertamsan bahor.
Dillarni to`ldirib shirin xayolga,
Xush kelding o`lkamga, munisam bahor. (x2)


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Rayhon - Kel qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:23Скачать
Ziyoda - Bahor qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:14Скачать
Xo`ja guruhi - Bahor qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:10Скачать
Nilufar Usmonova - Xush kelding bahor qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:47Скачать
Nilufar Usmonova - Bahor qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:47Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.