Nilufar Usmonova - Arslonim qo'shiq matni

Hatto kutishni ham orzu qilolmam,
Lek, ko`zlarim yo`lida, yorim deymikin?
Bag`rimda bu yurak sirin bilmagan,
Alamim kuychisi, torim deymikin?

Yonimda yo`q, ammo xayolda mehmon,
Dard ikkimiz mezbon, borim deymikin?
Har dam unga zorman, u esa menga
Arosatda sarson, xorim deymikin?

Kunlarim ovora, tunlar bedorim,
Yigitlar ichinda botir sardori.
Hech kuning qolmaydi ul shoqollarga,
Boshingni mag`rur tut, jonim arslonim.

Hayotim mazmuni, umrim charog`i,
Tunlarim yoritgan oyim deymikin?
Qalbimning ardog`i, ko`zim qarog`i,
Sevgida hotamtoy, boyim deymikin?

Bugunda hamrohim, erta umidim,
Ishqin qirg`og`i keng, soyim deymikin?
Sharob ham, shig`ir ham, maylar har yona,
Chanqog`im qondirar choyim deymikin?

Sevgilim, bardoshim, orzu, armonim,
Senga ko`z tegmasin, jonim arslonim.
Muhabbat tumorim, ko`zi humorim,
Sensiz yasholmayman, yorim arslonim.

Qahraton qishimda, xazon kuzimda,
Asrab-avaylashga zorim deymikin?
Yomg`irli tunlarda visol baxsh etgan,
Osmonim egasi, sorim deymikin?

Sevgilim, bardoshim, orzu, armonim,
Senga ko`z tegmasin, jonim arslonim.
Muhabbat tumorim, ko`zi humorim,
Sensiz yasholmayman, yorim arslonim.

Havosi musaffo, tiniq bahorim,
Yomg`irli kuzimda iliq nahorim,
Ozori, azobi lim-lim anhorim,
Men seni sevaman, borim arslonim!


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Botir Qodirov - Seni o’ylayman qo'shiq matni128 kbps19-07-2017, 13:06Скачать
Nilufar Usmonova - Yonimda qo'shiq matni128 kbps19-07-2017, 13:02Скачать
Tohir Usmonov - Kel qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:07Скачать
Ruhshona - Yuragim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:53Скачать
Lola - Senga qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:41Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.