Yulduz Usmonova - Jim dunyo qo'shiq matni

Netay, senga hasratim aytib,
Axir sen ham bitta yaratib,
Faqat bizlarga qilursan guvohlik.
Yomonlar hech bitmas ekan,
Yaxshiga kun bermas ekan,
Axir bu emasmi fe’li g`ayirlik?

Gadoylaring tilanib topsa,
Bir-birin ko`zlarin o`ysa,
Ollohdan deb kula, oyoqdan toysa.
Xudoning berganin tan olmas,
Sal omadga yerda yurolmas,
Isyonchi yuragim bunga dosh bermas.

Jim, jim, jim quloq sol dunyo,
Men yig`layin, sen tinglagin dunyo.
Jim, jim, jim quloq sol dunyo,
Men yig`layin, sen ovutgin dunyo.

Qirda poda o`zi yurolmas,
Cho`pon ham bir joyda turolmas,
Bo`rilar bunday fursatin boy bermas.
Yo`g`ing bo`lsa, kaming berolmas,
Xudo bersa ko`zi ko`tarmas,
Insof sari asta-sokin yasholmas.

Menchi, men isyonim bosolmam,
Dardim insonlarga aytolmam,
Kim dardin bo`lishar, aslo topolmam.
Dunyo, dunyo, dardim bo`lishgin,
Alamlarim birga yutishgin,
Sen emasmi inson taftini olgan?

Jim, jim, jim quloq sol dunyo,
Faryod qilay, sen ovutgin dunyo.
Jim, jim, jim quloq sol dunyo, hey,
Men yig`layin, sen ovutgin dunyo.

Jim, jim, jim quloq sol dunyo,
Faryod qilay, sen ovutgin dunyo.
Jim, jim, jim quloq sol dunyo, hey,
Faryod qilay, tomosha qil dunyo.

Agar men ketib, bu yorug` dunyo sizga keng bo`lsa,
Oling, sizga qolsin bu bir kam dunyo.


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo'lsin qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:36Скачать
Yulduz Usmonova - Dunyo qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:13Скачать
Sardor Mamadaliyev - Dil yarasi qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:54Скачать
Kamoliddin Rahmatov - Ajab dunyo qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:39Скачать
G`iyos Boytoyev - Yolg’on dunyo qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:33Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.