Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Hojiakbar Haydarov - Yuragimni yo’lbarslarga yediram qo'shiq matni

Hojiakbar Haydarov - Yuragimni yo’lbarslarga yediram qo'shiq matni

Suluvlardan suluv bir qiz sochin silar,
Mening esa ko`zlarimdan yosh tomchilar.
Sevaman deb aldar meni yolg`onchilar,
Yuragimni yo`lbarslarga yediraman.

Ajib dunyo, bu qizlaring buncha go`zal?
Qarab tursam, tilla kokil, kulcha go`zal.
Qancha go`zal bo`lsa, aldar shuncha go`zal,
O`, yuragimni yo`lbarslarga yediraman.

Kimni suysam, suyganidan kuygan ko`nglim,
Ko`z o`ngimda bo`laqolsin tilim-tilim.
Qaro bo`lsin muhabbatsiz o`tgan kunim,
Yuragimni yo`lbarslarga yediraman.

Ajib dunyo, bu qizlaring buncha go`zal?
Qarab tursam, tilla kokil, kulcha go`zal.
Qancha go`zal bo`lsa, aldar shuncha go`zal,
O`, yuragimni yo`lbarslarga yediraman.

Yuragimni yo`lbarslarga yediraman…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]