Adham Soliyev - Onasidan ayirma qo'shiq matni

[Monolog]
Dunyo! Dunyo, sendan bir ikki so`rorim bor. Qonli yuzingga termulib berajak savollarim bor. Garchi javobda har doimgidek jimlik saqlasang-da,
beraman o`sha savollarimni: Senga nima bo`lyabdi, dunyo?
Ancha yashab qo`ygan va sening go`zalligingdan bahra olishga ulgurgan kattalar bir-biri bilan olishsa-yu, nega endi bu qirg`inlar natijasida mana bu go`daklar jon berishi kerak? Bu murg`aklarda nima ayb, ayt menga? Onasining bag`rida unib-o`sadigan, otasining yelkasida erkalanadigan, buvi-yu, buvasining quchog`ida rohatlanib uyquga cho`madigan bu bolakaylar nega shu yoshidanoq hayotning achchiq ta’mini totishga mahkumlar, nega?
Kelisholmagan boshqalar-u, jabrini chekkanlar boshqalar. Insofing bormi, dunyo? Besh yoshgina, bor-yo`g`i besh yoshginaga kirgan bu go`dakning nigohidan bilib olsa bo`lmaydimi sening alamli holatingni?
Qay bir gumrohning qo`lida yasalgan bomba bu bolakayning uyiga tushsa-yu uni o`sha uyning ichidan tortib olishsa! Endi uni bu hayotning qaysi go`zalligi va qay bir ne’mati bilan rozi qilish mumkin, ayt? Afsus, har doimgidek soqovsan va jimsan.
Endi yurtimning beg`ubor va sokin maskanlariga boqaman. Yaratganga behad shukurki, bolakaylarning sho`xu-shodon manzarasi ko`zni quvnatadi. Iloyo, bu tinchligimiz abadiy bo`lsin. Bu ne’matning naqadar ulug` ekanligini dunyoning notinch yerlariga qarab bir necha karra his qilamiz. Eng ulug` ne’matdir tinchlik degan so`z.
Yetim qolgan tevaning ko`zlariki qalbni titratib yuborar ekan, ota yo onasiz qolgan go`dakning nigohiga qarash ming karra og`irroq. Unda hayotning achchiq satrlari katta harflarda yozib qo`yilgan bo`ladi.
Istagimiz shu – dunyodagi biron bir bola yetim qolmasin. Hamma-hammasiga bolalikning go`zal damlari nasib etsin. Hech kimni murg`akligida hayot onasidan yo otasidan ayrib qo`ymasin.

Ko`kda burgut qanotini qayirib,
Polaponin qoya toshda tig`latma.
Onasin tinch quchog`idan ayirib,
Hayot, go`daklarni aslo yig`latma. (x2)

Onasidan ayirma, otasidan ayirma,
Hayot, hatto qushni ham bolasidan ayirma. (x2)

Ulg`ayib zo`r polvon bo`larlar balki,
Yurti uchun qalqon bo`larlar balki,
Dunyolarga doston bo`larlar balki,
Hayot, go`daklarni aslo yig`latma.

Allasini tinglab, uxlasin tunlar,
Busiz ham ko`p onasiz bag`ri xunlar.
Murg`ak jonini ezmasin yolg`iz kunlar,
Hayot, go`daklarni aslo yig`latma.

Onasidan ayirma, otasidan ayirma,
Hayot, hatto qushni ham bolasidan ayirma. (x2)

Ona sutin totib ulg`aysin bardam,
Issiqqina bag`rida bo`lsin har dam. (x2)
Insonlarga sendan shu bo`lsin yordam –
Hayot, go`daklarni aslo yig`latma.

Onasidan ayirma, otasidan ayirma,
Hayot, hatto qushni ham bolasidan ayirma. (x2)
Onasidan ayirma, hayot, otasidan ayirma, hayot,
Hayot, hatto qushni ham bolasidan ayirma.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]