Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Shahzod guruhi feat. Lola - Hayot davom etar qo'shiq matni

Shahzod guruhi feat. Lola - Hayot davom etar qo'shiq matni

[Rashid Xoliqov]
Kim sevib, kim sevilmay, armonlar ichra ketar,
Kim quvonch, kimlar alamdan manzili sari yetar.

[Lola Yuldasheva]
Bu hayot ummonida kimlar juftin izlaydi,
Vatangado bo`lib kim, arosatda bo`zlaydi.

[Rashid Xoliqov]
Kimdir mehr ulashib, oromidan kechadi,
[Lola Yuldasheva]
O`zganing baxti uchun bisotini sochadi.

[Lola Yuldasheva va Rashid Xoliqov]
Hayot davom etar, davom etar hayot,
Muhabbatimizdan yaralsin asli bu dunyo.
Hayot davom etar, orzu bo`lsin qanot,
Lahzalarimizni mehrga to`ldirsin dunyo.

[Rashid Xoliqov]
Nokas esa payt poylab, ortingdan tosh otadi,
Orsiz bir pulga ajab, vijdon-u, tan sotadi.

[Lola Yuldasheva]
Bu hayotda kim topar, kim nima yo`qotadi,
Taqdir kimni qayoqqa so`ramasdan otadi.

[Rashid Xoliqov]
Beshikdan to qabrga, kimlar qanday ketadi,
[Lola Yuldasheva]
Mehr ulashgan insonlar murodiga yetadi.

[Lola Yuldasheva va Rashid Xoliqov]
Hayot davom etar, davom etar hayot,
Muhabbatimizdan yaralsin asli bu dunyo.
Hayot davom etar, orzu bo`lsin qanot,
Lahzalarimizni mehrga to`ldirsin dunyo. (x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]