Dilso'z - Yuragim yig’lar qo'shiq matni

Nima qilay, qalbingga sig`madim,
Tunlari yig`ladim, yig`ladim, nega yo`qsan?
Bilmay senga ko`nglimni bog`ladim,
Qalbimda bir ohsan, yonimda yo`qsan,
Qalbimda yongan cho`gsan.

Qalbim seni, seni so`rar,
Bir sening visolingni ko`zlar.
Ozoring meni, meni qiynar,
Yuragim yig`lar.

Bu qalbim seni, seni so`rar,
Yoningda bo`lishini so`zlar,
Ko`zlarim uni, uni izlar.
Nega sen aytgin,
Meni yolg`iz qoldirding, baxting o`ylab?

Nima topding ayt, qalbim sindirib,
Bag`rimni yondirib?
Ketding yolg`izim, nega?
Yashaymanda, o`zimni ko`ndirib,
Sog`inchni qondirib,
Tunlari bag`rimda xotirang.

Bu qalbim seni, seni so`rar,
Bir sening visolingni ko`zlar.
Ozoring meni, meni qiynar,
Yuragim yig`lar.

Bu qalbim seni, seni so`rar,
Yoningda bo`lishini so`zlar,
Ko`zlarim uni, uni izlar.
Nega sen aytgin,
Meni yolg`iz qoldirding, baxting o`ylab?

Bu qalbim seni, seni so`rar,
(Yuragim yig`lar)
Bir sening visolingni ko`zlar,
Ozoring meni, meni qiynar,
(Ko`zlarim izlar)
Yuragim yig`lar.

Bu qalbim seni, seni so`rar,
(Ozoring qiynar)
Yoningda bo`lishini so`zlar,
Ko`zlarim uni, uni izlar,
(Yuragim yig`lar)
Yuragim yig`lar…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]