Hojiakbar Haydarov - Otamga qo'shiq matni

(Davlating borida, avjing zo`rida
Yo`qlab kelar hatto begonalar ham,
Begonalar ham…)

Otam, sizdek zotdan me’ros nolaman,
Ota, doim sizdan ilhom olaman, (x2)
Ruhingiz shod bo`lsin, otajonim-ey,
Men sizga munosib farzand bo`laman,
Otamga munosib farzand bo`laman!

Xalqimiz tan olgan xizmatlar bilan,
Qo`shiqlar kuylabsiz ziynatlar bilan. (x2)
Ham g`urur, ham cheksiz hurmatlar bilan,
Men sizga munosib farzand bo`laman,
Otamga munosib farzand bo`laman!

Kamtarlikni, ota, o`rgandim sizdan,
Izingiz to`tiyo, nur yog`ar yuzdan. (x2)
Mangu o`chmas ijod, kuy qalbimizdan,
Men sizga munosib farzand bo`laman,
Otamga munosib farzand bo`laman!

Jaranglar sozingiz bu kun qo`limda,
Sodiq muhlislaringiz o`ngu-so`limda, (x2)
Erka o`g`lingizdan rozi bo`ling-da,
Men sizga munosib farzand bo`lman,
Otamga munosib farzand bo`laman!

Men sizga munosib farzand bo`lman,
Otamga munosib farzand bo`laman!

(Davlating borida, avjing zo`rida…)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]