Yulduz Turdieva - Ishqingda yor qo'shiq matni

Ishqingda, yor, ular mendek kuymaslar,
Ular dard bilmaslar-ey, dunyo bilmaslar.
Magar ishq ilmini ming yil tizsalar-ey,
Mendek yonolmaslar-ey, mendek kuymaslar.

Ishqingda kuygan men-ku, men, menman,
Sarg`ayib so`lgan-ey men-ku, men, menman. (x2)

Zog`lar ketmas yorim, bo`stoningdan hech,
Bulutlar tarqamas-ey, osmoningdan hech,
Bir qiyo boqmading ayvoningdan hech,
Bo`y taratar qaddi-rayhoningdan hech.

Ishqingda kuygan men-ku, men, menman,
Sarg`ayib so`lgan-ey men-ku, men, menman.

G`animlar, xonimlar quvon, xo`sh naylay,
Yorim yomonlarga inon, xo`sh naylay?
Deymishlarki, Majnun sumon, xo`sh naylay,
Yaxshilar, bu qandoq zamon, xo`sh naylay?

Yulduzlar so`ndi deb kelsa, inonma,
Paymonang to`ldi deb kelsa, inonma.
Ishqingda kuygan men-ku, men, menman,
Sarg`ayib so`lgan men-ku, men, menman.

Sadoyi o`ldi deb kelsa, inonma,
Agar sevganing rost bo`lsa, inonma! (x2)

Ishqingda kuygan men-ku, men, menman,
Sarg`ayib so`lgan-ey men-ku, men, menman. (x2)

Sarg`ayib so`lgan-ey men-ku, men, menman…


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Ortiq Otajonov - Xoh inon qo'shiq matni128 kbps17-11-2016, 21:29Скачать
Manzura - Tasodif emas qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:18Скачать
Zulayho Boyxonova - Menman qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:15Скачать
Sherali Jo`rayev - Oshiqlar sardori qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:01Скачать
Nola guruhi - Xoh inon, xoh inonma qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:47Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.