Shahnoz - Ramazon muborak bo’lsin qo'shiq matni

Ikki dunyoning sarvari o`zingiz,
Borliq yaratilishining sababchisi.
Bizni Maxshar maydonida himoya
Qilguvchi soyabon, shafoatchimiz.

Siz – Muhammad sallollohu alayhi vasallam,
Alayhi vasallam.

Ey Rosulullohu alayhi vasallam,
Sizga Ollohning salovatlari yog`ilsin.
Dunyodagi Rasululloh ummatlari,
Hammamizga ramazon muborak bo`lsin!

Sahiylik, muruvvat, keksani e’zozlash,
Sizdan me’ros qolgan mening yurtimga.
“Vatanini sevmoq iymondandur” deb,
Sizning ummatingiz yod etar xalqimga.

Siz Maxshar maydonida bizni qo`llaguvchi
Shafoatchimiz.

Ey Rosulullohu alayhi vasallam,
Sizga Ollohning marhamatlari yog`ilsin.
Ey dunyodagi Rasululloh ummatlar,
Hammamizga ramazon muborak bo`lsin!

Ey Rosulullohu alayhi vasallam,
Sizga Ollohning salovatlari yog`ilsin.
Dunyodagi Rasululloh ummatlari,
Hammamizga ramazon muborak bo`lsin!

Ey Rosulullohu alayhi vasallam,
Sizga Ollohning marhamatlari yog`ilsin.
Ey dunyodagi Rasululloh ummatlar,
Hammamizga ramazon muborak bo`lsin!
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]