Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Kumush Razzoqova - Bevafoni kechirmaslar qo'shiq matni

Kumush Razzoqova - Bevafoni kechirmaslar qo'shiq matni

Muhabbatda vafoli bo`l,
Bevafoni kechirmaslar.
Vafodorga jafo qilma,
Ul jafoni kechirmaslar. (x2)

Sadoqat yo`lini tutgil,
Havoyi hisga aldanma.
Gar aldansang, xatodir bu,
Bul xatoni kechirmaslar.

Hayoliy yorga joningni
Baxsh etsang munosibdur.
Hayoni bir o`yin bilgan
Behayoni kechirmaslar.

Riyo birla go`zal bo`lmas,
Agar sen ul husndan kech.
Husn chehraga mehmondir,
Beriyoni kechirmaslar. (x2)

Iboli bo`l, ibo doimo
Ardoqli bir fazilatdir.
Ibo ko`rki erur yorning,
Beiboni kechirmaslar.

Sen ishqingni ulug`la,
Bir umrga sernavo qilgil.
Navoga tashna ko`ngillar,
Benavoni kechirmaslar. (x2)

Behayoni kechirmaslar,
Bevafoni kechirmaslar.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]