Botir Qodirov - Go’zal qo'shiq matni

Go`zalliging gullardan go`zal,
Seni tanho yaratmish azal. (x2)
Kuydirmagin qiynoqlaringda,
“Sevaman” de, so`zlari go`zal.

Kuydirmagin qiynoqlaringda,
“Sevaman” de, so`zlari asal.
“Sevaman” de, so`zlari go`zal.

Ko`rgani keldim oydek yuzingni,
Qig`onma mendan shirin so`zingni.
Zor etma buncha, gul yuzi g`uncha,
Yonimda bo`lgin dunyo turguncha. (x2)
Yonimda bo`l dunyo turguncha!

Senga hayron bog`dagi g`uncha,
Yetolmagan oshiqlar qancha.
Zor etmagin, nozlanib buncha,
“Sevaman” de, so`zlari asal,
“Sevaman” de, so`zlari go`zal.

Ko`rgani keldim oydek yuzingni,
Qig`onma mendan shirin so`zingni.
Zor etma buncha, gul yuzi g`uncha,
Yonimda bo`lgin dunyo turguncha. (x2)
Yonimda bo`l dunyo turguncha!

Sen kulasan sevgimni bilib,
So`z demaysan qalbimni tilib.
Menga qarab, bir shirin kulib,
“Sevaman” de, so`zlari asal.

Menga qarab, bir shirin kulib,
“Sevaman” de, so`zlari go`zal. {x2}

Ko`rgani keldim oydek yuzingni,
Qig`onma mendan shirin so`zingni.
Zor etma buncha, gul yuzi g`uncha,
Yonimda bo`lgin dunyo turguncha. (x2)
Yonimda bo`l dunyo turguncha!

Yonimda bo`lgin dunyo turguncha,
Yonimda bo`l dunyo turguncha!


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Anvar G'aniyev - Oy kulcha qo'shiq matni128 kbps19-07-2017, 12:00Скачать
Jo'rabek - Sevaman qo'shiq matni128 kbps2-06-2017, 20:38Скачать
Ravshan Komilov - Samarqandning qizlari qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:52Скачать
Muhriddin Xoliqov - Guloyim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:44Скачать
Ummon - Ma-Ya-Hi qo`shiq matni128 kbps11-10-2016, 01:08Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.