Jo'rabek - Manu man qo'shiq matni

Tun-kunlarim sensiz bema’nodir,
Mazmunsiz orzular.
Inkor etma ko`ngil so`zlarimni,
So`nmas bu tuyg`ular.

Aslo yuragimdan ketolmaysan, he-o`, he-o`,
Tanho xayolimda sen yashaysan, mening sevgilim.
Bilgin, e’tiboringni olarman, jonim-jonim,
Aslo qaytmayman!

Manu man, man ishqingda ado,
Manu man, man oshig`ing shaydo.
Manu man, man bir ko`rganimda
Qalbimda sevgi bo`ldi paydo.

Har qadamda paydoman yo`lingda,
Yuz o`girmoq befoyda.
Xayolim, hayotim, yolg`izim o`zingdir, jonim,
Bunchalar shirinsan.

Aslo yuragimdan ketolmaysan, he-o`, he-o`,
Tanho xayolimda sen yashaysan, mening sevgilim.
Bilgin, e’tiboringni olarman, jonim-jonim,
Aslo qaytmayman!

Manu man, man ishqingda ado,
Manu man, man oshig`ing shaydo.
Manu man, man bir ko`rganimda
Qalbimda sevgi bo`ldi paydo. (x2+x2)

Manu man…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]