Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Sardor Mamadaliyev - Unutmoq osonmas sizlarni qo'shiq matni

Sardor Mamadaliyev - Unutmoq osonmas sizlarni qo'shiq matni

Soyangiz bulutga ergashgan,
Sizlarga yaxshilik ergashgan,
Soyangiz bulutga tirmashgan,
Sizlarga yaxshilik ergashgan,

Yodingiz dillarda joylashgan,
Unutmoq osonmas sizlarni. (x2)

Siz yo`qsiz – qalbimda yarolar,
Ayting, bu dardni kim davolar?
Shukur, bor siz aytgan navolar,
Unutmoq osonmas sizlarni.

Shukur, bor siz aytgan navolar,
Unutmoq osonmas sizlarni.

Afsusdan egildi boshlar ham,
Sog`inib uyildi qoshlar ham. (x2)
Firoqdan dengizdir yoshlar ham,
Unutmoq osonmas sizlarni. (x2)

Bu dunyo o`tkinchi, bevafo,
Siz shoir, siz hofiz, siz daho.
Ushbu dam qalbimda bir vido:
Unutmoq osonmas sizlarni.

Ushbu dam qalbimda bir vido:
Unutmoq osonmas sizlarni.

Unutmoq osonmas sizlarni,
Unutmoq osonmas sizlarni.
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]