Sahar - Yonimda sen yana qo'shiq matni

Quyosh go`zal vaslin yerdan yashirsa hayron,
Yana mening qalbim, ko`zlarimda hayajon,
Meni kutar oqshom tengsiz, sehrga to`la.
Qo`shiqlarim sensiz, ko`ngil senga intizor,
Yo`ling gulga o`ray, yashnab kelganday bahor,
Xuddi yillar o`tganday sen yana oldimda.

Yonimda sen yana,
Yulduzlar so`nmasin osmonda,
Sehrli oqshom bag`rida biz yana. (x2)

Tushlarimga kirgan senmi o`sha parizod?
Hayotimga kirib, berding sen menga najot,
Hech o`lmasin sevgi, bo`lsin abadiy shu on.
Qo`shiqlarim sensiz, ko`ngil senga intizor,
Yo`ling gulga o`ray, yashnab kelganday bahor,
Xuddi yillar o`tganday sen yana oldimda.

Yonimda sen yana,
Yulduzlar so`nmasin osmonda,
Sehrli oqshom bag`rida biz yana. (x2)

Yonimda, yonimda, yonimda sen yana…
Yonimda, yonimda, yonimda, sen yana oldimda.

Yonimda sen yana,
Yulduzlar so`nmasin osmonda,
Sehrli oqshom bag`rida biz yana. (x4)


Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Nilufar Usmonova - Yonimda qo'shiq matni128 kbps19-07-2017, 13:02Скачать
Shahzoda - Jonim birga qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:26Скачать
Munisa Rizayeva - Yurak qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:45Скачать
Farruh Komilov - Yaxshiyam borsan qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:31Скачать
Dineyra - Bahor qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:29Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.