Mango guruhi - Yurak qo'shiq matni

Sen ko`z yoshlarim, orzularim, yuragimsan,
Yurak seni deydi, qaytgin deydi,
Sen qaytmaysan.
Sen qayg`ularim, azoblarim, armonimsan,
Yurak yolg`izlikka, sensizlikka
Hech ko`nmaydi.

Dardimni bilmaysan, yuragim qiynaysan,
Nega sen shundaysan, sen?
Meni tark etgansan, xayoldan ketgansan,
Yuragim qiynaysan sen.

Yurak tilkalanar bu ishingdan,
Umrim so`nar bu qilmishingdan. (x2)
Bu ishingdan…

Balki, bu yurak dog`imdan kechgansan zinhor,
Ismingni aytaman takror va takror. (x2)

Dardimni bilmaysan, yuragim qiynaysan,
Nega sen shundaysan, sen?
Meni tark etgansan, xayoldan ketgansan,
Yuragim qiynaysan sen.

Yurak tilkalanar bu ishingdan,
Umrim so`nar bu qilmishingdan. (x4)
Bu ishingdan…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]